Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Diabining «Bayer» bilan tuzadigan shartnoma shartlari ma’lum bo‘ldi

Diabining «Bayer» bilan tuzadigan shartnoma shartlari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Mussa Diabi «Al-Ittihod»dan «Bayer»ga o‘tadi.

Kicker va Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg ma’lumotiga ko‘ra, klublar 27 yoshli vinger transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bitim qiymati 30 million yevrodan biroz kamroq bo‘ladi.

Futbolchi Germaniya klubi bilan 2031 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolashga rozilik bergan. Ayni paytda tomonlar bitimning so‘nggi tafsilotlarini kelishib olmoqda.

Qayd etish joiz, Diabi avval ham «Bayer» safida to‘p tepgan. U 2019 yildan 2023 yilgacha Leverkuzen klubi sharafini himoya qilgan.

Avvalroq fransiyalik futbolchiga «Inter» ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.

O‘tgan mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida Diabi 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 09:00, 27.08.2026.
O'qildi: 686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик