"Portu" "Renn" yarim himoyachisi Seku Fofanani ijara asosida o‘z safiga qo‘shib oldi. Ijara kelishuvi 2027 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
31 yoshli kot-d'Ivuarlik futbolchi 2025 yildan buyon "Renn" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning Fransiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.
Fofana 2025/26 yilgi mavsumda Liga 1 doirasida 12 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol urdi. Shuningdek, Yevropa ligasida 4 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.
Futbolchi faoliyati davomida "Al-Ittifoq", "An-Nasr", "Lans", "Udineze", "Bastiya", "Fulxem", "Manchester Siti" va "Loryan" klublarida ham to‘p tepgan.
Transfermarkt portali Kot-d'Ivuar terma jamoasi futbolchisining bozor qiymatini 8 million yevroga baholamoqda.













