Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Balde Flik bilan suhbatlashdi

Balde Flik bilan suhbatlashdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik chap qanot himoyachisi Alexandro Balde bilan shaxsiy suhbat o‘tkazdi.

Nemis mutaxassisi yaqinda «Elche»ga qarshi o‘yin uchun ispaniyalik futbolchini qaydnomaga kiritmagan edi. Flik bu qarorni Balde transfer haqidagi gap-so‘zlar sabab futbolga to‘liq e’tibor qarata olmayotgani bilan izohlagan.

Jurnalist Pol Ballus ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi kunlarda bo‘lib o‘tgan shaxsiy suhbatda Flik Baldega uni hozircha zaxira futbolchisi sifatida ko‘rayotganini aytgan. Murabbiy asosiy tarkibda esa jamoaga qaytgan Joau Kanseluni sinab borishni rejalashtirmoqda.

Flik 22 yoshli himoyachini asosiy tarkibdagi o‘rni uchun qattiq mehnat qilishga chaqirgan. Qayd etilishicha, «Barselona» tarbiyalanuvchisi bu chaqiriqni qabul qilgan va murabbiylar shtabiga o‘z imkoniyatlarini isbotlashga tayyor.

Alexandro Baldega «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. Futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:22, 27.08.2026.
O'qildi: 1431 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик