Italiyaning «Komo» klubi hujumchisi Alvaro Morata faoliyatini «Leganes»da davom ettirishi mumkin.
Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Segunda vakili 33 yoshli futbolchini ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Tomonlar o‘rtasida faqat ayrim tafsilotlarni hal qilish qolgan, shundan so‘ng transfer rasman amalga oshirilishi mumkin.
«Leganes» Ispaniyaning ikkinchi divizionidagi o‘tgan mavsumni 16-o‘rinda yakunlagan. Joriy mavsumda esa jamoa ikki turdan keyin 4 ochko jamg‘argan.
Morataning «Komo» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 6 million yevroga baholamoqda.
Ispaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi avvalroq vatanida Madridning «Real» va «Atletiko» klublari safida ham to‘p tepgan.













