Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu La Liga doirasida «Real Sosyedad» ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi 1:1 hisobida yakunlandi. Tanaffusdan keyin «qaymoqranglilar» javobsiz uchta gol urib, yirik g‘alabani rasmiylashtirdi. Kilian Mbappe xet-trik qayd etdi.
«Real Sosyedad» — juda yaxshi jamoa. Birinchi bo‘limda suv ichish uchun tanaffus bo‘lganida, bu bizga juda asqotardi, chunki men futbolchilar bilan gaplashishim kerak edi. Raqib biz uchun kutilmagan taktika qo‘lladi.
Dastlab pressing qilish bizga juda qiyin bo‘ldi, ammo ikkinchi bo‘limda ancha yaxshiroq o‘ynay boshladik. Jamoaviy va individual jihatdan fantastik o‘yin ko‘rsatdik», — dedi Mourinyu. Uning so‘zlarini Madrid Universal keltirdi.
«Real» ikki uchrashuvdan keyin 6 ochko jamg‘arib, La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.













