«Everton» bosh murabbiyi Devid Moyes transfer oynasi yopilguniga qadar jamoaga yana futbolchilar qo‘shilishi kerakligini aytdi.
«Everton» bu yozda Brennan Jonson, Kristian Nyorgor, Tayrik Jorj, Xayden Xakni va Merlin Ryol uchun qariyb 90 million yevro sarfladi. Biroq Moyes jamoa tarkibi hali ham yetarlicha kuchli emas, deb hisoblamoqda.
«Menimcha, biz albatta tarkibni to‘ldirishda davom etishimiz kerak. Bu aniq.
O‘tgan yili tarkibimiz ancha zaif, deb hisoblagan edik. Hozirgi raqamlarga qarasak, hatto o‘tgan yilgi tarkibimizdan ham bitta futbolchi kam.
Men hali ham tarkibimizda futbolchilar yetishmayapti, deb hisoblayman. Ayrim pozisiyalarda sifat ham yetarli emas, deb o‘ylayman va buni to‘g‘rilashga harakat qilishim kerak», — deya Moyes so‘zlarini Sky Sports keltirdi.













