Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/10 00:00 Valensiya 0-0 Atletik Bilbao
18/10 15:30 Udineze 0-3 Lechche
18/10 17:00 Osasuna 2-0 Rasing
18/10 18:00 Bornmut 2-0 Sanderlend
18/10 18:00 Brayton 5-0 Kristal Pelas
18/10 18:00 Lids 1-1 Man. Yunayted
18/10 18:00 Fiorentina 1-3 Komo
18/10 19:15 Selta 2-1 Alaves
18/10 20:30 Nottingem Forest 0-1 Arsenal
18/10 21:00 Milan 3-2 Atalanta
18/10 21:30 Malaga 2-5 Real Sosyedad
18/10 23:45 Yuventus 0-3 Lasio
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa - Kalyari
19/10 23:45 Parma - Torino
20/10 00:00 Xetafe - Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem - Koventri Siti

«Roma» hujumchisi Angliyaga yo‘l olishi mumkin

«Roma» hujumchisi Angliyaga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+ | -

«Xall Siti» «Roma» hujumchisi Robinio Vazni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi. Bu haqda The Athletic jurnalisti Devid Ornshteyn xabar berdi.

19 yoshli futbolchining transferi bir mavsumlik ijara shaklida amalga oshirilishi kutilmoqda. «Xall Siti» ijara uchun 2 million yevro to‘laydi, shuningdek, kelishuvga futbolchini 30 million yevroga sotib olish huquqi kiritiladi.

Ornshteyn ma’lumotiga ko‘ra, ikki klub va Fransiya yoshlar terma jamoasi a’zosi o‘rtasida kelishuvni yakuniga yetkazish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Bu transfer yanvar oyida «Marsel»dan «Roma»ga o‘tganidan keyin yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmagan Vazga Premyer-ligada o‘zini ko‘rsatish imkonini berishi mumkin.

«Roma» Vazni «Marsel»dan taxminan 22 million yevroga xarid qilgandi. U Fransiya klubi safida Liga 1 doirasida 14 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Italiyaga ko‘chib o‘tganidan beri Vaz «Roma» safida 12 ta o‘yinda qatnashib, A Seriyada 1 ta gol urdi. Shuningdek, u Fransiyaning U-18 va U-20 terma jamoalari sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 16:17, 27.08.2026.
O'qildi: 944 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик