Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Karrager soliq qarzi sabab sudga chaqirildi

Karrager soliq qarzi sabab sudga chaqirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager to‘lanmagan soliqlar sabab Buyuk Britaniya Soliq va bojxona xizmati — HMRC tomonidan berilgan bankrotlik to‘g‘risidagi ariza ob’ektiga aylandi.

Ayni paytda Britaniyada Sky Sports, AQSHda esa CBS telekanallarida sharhlovchi va ekspert sifatida ishlayotgan Karrager HMRC da’vosidan so‘ng chorshanba kuni sudda ishtirok etdi.

Bankrotlik to‘g‘risidagi ariza qarz mablag‘larini undirish uchun sudga kiritiladigan rasmiy murojaat hisoblanadi. HMRC ma’lumotiga ko‘ra, bunday chora to‘lanmagan soliqlarni undirishda faqat eng oxirgi chora sifatida qo‘llanadi.

Soliq to‘lovchilar ma’lumotlarining maxfiyligiga oid qonun talablari tufayli HMRC alohida ishlarga izoh bermaydi. Biroq tashkilot The Athletic nashriga Karrager bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan umumiy bayonot berdi.

«Biz soliq qarzi bo‘lgan mijozlarga yordam berishga qaratilgan yondashuvni qo‘llaymiz va bizga murojaat qilganlarga qarzdan chiqishda imkon qadar ko‘maklashamiz. Masalan, bo‘lib-bo‘lib to‘lash rejalarini taklif qilamiz. Bankrotlik to‘g‘risidagi arizaga esa faqat eng so‘nggi chora sifatida murojaat qilamiz», — dedi HMRC vakili.

Vaziyatdan xabardor manbalar muammo tez orada hal etilishini kutmoqda.

Karrager 2013 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan va shundan buyon Premyer-liganing eng taniqli ekspertlaridan biriga aylangan.

Sky Sports’dagi faoliyatidan tashqari, u Gari Nevillga tegishli The Overlap prodyuserlik kompaniyasining Stick to Football podkastida ham muntazam qatnashadi.

Kiritildi: 17:41, 27.08.2026.
O'qildi: 753 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик