«Shtutgart» va Germaniya terma jamoasi hujumchisi Deniz Undav murabbiylarni mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirishda futbolchilarning individual xususiyatlarini ham hisobga olishga chaqirdi.
«Ma’lumotlar tahlili futbolga ko‘p narsa beradi, ammo hozir noutbukka juda katta e’tibor qaratilmoqda. Futbolchilarning mashg‘ulotlarini rejalashtirishda ularni juda ko‘p hollarda robotlardek qabul qilishyapti», — deya Undav so‘zlarini Die Zeit keltirdi.
Shu bilan birga, Undav bevosita «Shtutgart»ni tanqid qilmayotganini, balki umuman professional futboldagi vaziyat haqida gapirayotganini ta’kidladi.
Undav faoliyatini yakunlaganidan so‘ng murabbiy bo‘lishni rejalashtirmoqda. Hozirda u o‘zini yordamchi murabbiy sifatida ko‘rmoqda va «Shtutgart» bosh murabbiyi Sebastyan Xyoness bilan taktik masalalarni muhokama qilib kelmoqda.













