Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jekson «Aston Villa» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Jekson «Aston Villa» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Baho:
+2 | -

«Chelsi» hujumchisi Nikolas Jekson faoliyatini «Aston Villa»da davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Birmingem klubi 25 yoshli senegallik futbolchi uchun 65 million funt to‘laydi. Hujumchi transferni yakunlash oldidan tibbiy ko‘rikdan ham o‘tib bo‘lgan.

Jekson 2023 yil yozida «Vilyarreal»dan «Chelsi»ga ko‘chib o‘tgan edi. U London klubi safida jami 81 ta uchrashuvda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 02:24, 28.08.2026.
O'qildi: 1187 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик