«PSJ» hujumchisi Usman Dembele Fransiya chempionatining ikkinchi turida «Lill»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Bunga murabbiylar shtabi futbolchiga dam berishga qaror qilgani sabab bo‘ldi.
Bu haqda parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, ma’lum qildi.
«O‘tgan yili ham xuddi shunday qilgan edik, futbolchilarga tiklanish uchun vaqt bergandik», — deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini «PSJ» matbuot xizmati keltirdi.
Enrike, shuningdek, «PSJ» mashhurligi tufayli doimo ommaviy axborot vositalari e’tiborida bo‘lishini, shu sababli murabbiyning oddiy qarorlari ham ba’zan noto‘g‘ri talqin qilinishi mumkinligini ta’kidladi.













