UYEFA va Adidas kompaniyasi erkaklar hamda ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasining yangi mavsumi uchun mo‘ljallangan rasmiy to‘plarni taqdim etdi.
«Chempionlar hech kim ko‘rmayotgan paytda shakllanadi, degan g‘oyadan ilhomlangan Chempionlar ligasining rasmiy to‘pi muvaffaqiyatni belgilab beradigan ko‘zga tashlanmaydigan mehnatga bag‘ishlangan. Dizayn uchun sovuq va tumanli tongda mashg‘ulot o‘tkazayotgan futbolchilar obrazi asos qilib olingan: futbol maydoni uzra tarqalayotgan tuman o‘zini fido qilish, ambisiya va yutuqlarning vizual timsoliga aylantirilgan.
Oq fondagi metall rangli elementlar to‘pga chuqurlik va hajmdorlik bag‘ishlaydi. Tuman Chempionlar ligasining mashhur yulduzlari orasidan o‘tib, nurni aks ettiradi va sindiradi. Bu esa har bir yulduzni yorqin rang chaqnashlari bilan porlatadi.
Adidas va Chempionlar ligasi logotiplari to‘q pushti rangda ishlangan bo‘lib, dizaynga yana bir o‘ziga xos urg‘u beradi. Natijada ko‘zga tashlanmaydigan tayyorgarlikdan Yevropa klub futbolidagi eng yorqin sahnagacha bo‘lgan yo‘lni aks ettiruvchi dinamik vizual obraz paydo bo‘ldi. U Chempionlar ligasining kengroq imiji bilan chambarchas bog‘langan», — deyiladi erkaklar o‘rtasidagi musobaqada foydalaniladigan to‘p tavsifida.













