«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares yana jamoa mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Alvares «Atletiko» mashg‘ulotlarida qatnashmayapti. Ikki kunlik tanaffusdan so‘ng argentinalik futbolchi 28 avgust, juma kuni ham klub bazasiga kelmagan. Klubdagi manbalarning ta’kidlashicha, hujumchi bunga kasallik va o‘zini yomon his qilayotganini sabab qilib ko‘rsatgan.
Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Alvares hamon «Barselona»ga o‘tish istagida qat’iy turibdi. Biroq «Atletiko»ning pozisiyasi o‘zgarmagan — klub argentinalik futbolchini kataloniyaliklar safiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Shu bilan birga, «Atletiko» Alvares bo‘yicha boshqa klublardan tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.













