Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shahzod Ubaydullayevning jarima zarbasidan urgan goli 19-turning eng chiroylisi deb topildi (+Video)

Shahzod Ubaydullayevning jarima zarbasidan urgan goli 19-turning eng chiroylisi deb topildi (+Video)

Baho:
+ | -

«Buxoro» hujumchisi Shahzod Ubaydullayev O‘zbekiston Superligasi 19-turining eng chiroyli goli muallifi deb topildi. Futbolchi «Qo‘qon-1912»ga qarshi safar uchrashuvining so‘nggi daqiqalarida jarima zarbasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozaga yo‘llab, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqargan edi.

24 avgust kuni Qo‘qonda o‘tkazilgan bahsda mezbonlar 49-daqiqada Javohir Siddiqovning penaltidan urgan goli evaziga hisobda oldinga chiqdi. 88-daqiqada esa «Buxoro» himoyachisi Sardor Qulmatov maydondan chetlatildi va mehmonlar o‘n kishi bo‘lib qoldi.

Shunga qaramay, 90+2-daqiqada Ubaydullayev uzoq masofadan belgilangan jarima zarbasini o‘ng oyoqda kuchli va aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi — 1:1. Mazkur gol nafaqat turning eng chiroyli to‘pi sifatida e’tirof etildi, balki «Buxoro»ga safardan bir ochko olib qaytish imkonini ham berdi.

Ubaydullayev joriy mavsumda yana bir e’tiborli natija qayd etgan — uning 5-turda «Surxon» darvozasiga kiritgan to‘pi Superliga-2026 mavsumining yubiley, 100-goli bo‘lgan edi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:52, 28.08.2026.
O'qildi: 1673 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик