«Barselona» Ispaniya La Ligasining birinchi turidan qoldirilgan o‘yinda o‘z maydonida «Atletik»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Gollardan biri Fermin Lopes hisobiga yozildi.
Uchrashuvdagi g‘alabadan so‘ng ispaniyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqda «Barselona» emblemasidan o‘pib, goldan keyingi quvonchini ifodalayotgan bir nechta suratlarini e’lon qildi. Shuningdek, yarim himoyachi quyidagi izohni qoldirdi:
«Men seni sevaman, «Barselona».
Yangi mavsumda 23 yoshli Lopes Ispaniya chempionatida 2 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol urdi.













