Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Superliganing 18–19-tur bahslaridagi hakamlik qarorlari tahlil qilindi

Superliganing 18–19-tur bahslaridagi hakamlik qarorlari tahlil qilindi

Baho:
+ | -

Superligada o‘tkazilgan 18–19-tur uchrashuvlaridagi hakamlik faoliyatiga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Zoom platformasi orqali tashkil etilgan tadbirda Superligada faoliyat yuritayotgan hakamlar va tajribali instruktorlar ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida o‘tgan turlardagi muhim o‘yin epizodlari videolar orqali ko‘rib chiqilib, hakamlarning qabul qilgan qarorlari muhokama qilindi.

Tahlilga «Neftchi» — «So‘g‘diyona», «Qo‘qon-1912» — «Buxoro», «Dinamo» — «Paxtakor», «Lokomotiv» — «Bunyodkor», «Xorazm» — «Lokomotiv», «Paxtakor» — «Surxon», «OKMK» — «Dinamo» hamda «Navbahor» — «Nasaf» uchrashuvlari kiritildi.

Muhim vaziyatlar bo‘yicha mutaxassislar fikri bildirilib, hakamlarning qarorlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, keyingi turlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan shunga o‘xshash holatlarda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha hakamlarga tavsiyalar berildi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 16:04, 28.08.2026.
O'qildi: 813 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик