Kirish Ro'yxatdan o'tish

Obi Mikel Xarri Maguayrni keskin tanqid qildi

Obi Mikel Xarri Maguayrni keskin tanqid qildi

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning sobiq yarim himoyachisi Jon Obi Mikel «Manchester Yunayted» himoyachisi Xarri Maguayrni keskin tanqid qildi.

«Agar jamoangizning asosiy markaziy himoyachisi Xarri Maguayr bo‘lsa, demak, muammo bor. Xarri Maguayr hech qachon «Manchester Yunayted» darajasidagi futbolchi bo‘lmagan va klub tizimiga ham mos tushmagan.

Uning u yerda yetti yoki sakkiz mavsum qolgani aqlga sig‘maydi. Bu qanday yuz berdi? Men tushunmayman. Ammo u hali ham klubda va birinchi raqamli himoyachi sifatida o‘ynayapti. Muammo ham shunda.

«Hall»ga qarshi 0:2 hisobidagi o‘yinda birinchi gol o‘tkazib yuborilgan epizodda u o‘z jamoadoshini ushlab qoldi va unga gol urgan hujumchini to‘sishga borishga imkon bermadi. U nima qilayotgan edi? Menda javob yo‘q.

Jamoada Lisandro Martines, Matteys de Ligt va Leni Yoro bor. Demak, ularda futbolchilar yetarli. Ammo nega Maguayr hali ham asosiy tarkibda tushayotganini tushunmayman. Tarkibda shunday tajribali futbolchi bo‘lishi yaxshimi? Albatta. Lekin u asosiy tarkib futbolchisi va birinchi raqamli markaziy himoyachi bo‘lmasligi kerak.

U to‘p bilan juda sekin harakat qiladi, pas berishdan oldin to‘pga to‘rt marta tegadi. To‘p oyog‘ida bo‘lganda nima qilishni bilmay qoladi va adashadi. Markaziy himoyachi to‘pni tezroq harakatlantirishi kerak, ammo Maguayr jamoaga zarur sur’atni saqlash uchun buni yetarlicha tez bajara olmaydi», — dedi Obi Mikel The Obi One Podcast podkastida.

Kiritildi: 18:16, 28.08.2026.
O'qildi: 753 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик