«Trabzonspor» vingeri Muhammad Saloh jamoaning Yevropa ligasi umumiy bosqichiga chiqa olmaganiga munosabat bildirdi.
Yevropa ligasi saralash pley-off bosqichi javob uchrashuvida Turkiya klubi «Ferensvarosh»ga 0:4 hisobida yirik mag‘lub bo‘ldi. Birinchi o‘yin ham «Trabzonspor»ning 0:1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan edi. Javob bahsining 57-daqiqasidan boshlab turk klubi to‘qqiz kishi bo‘lib harakat qildi.
«Faoliyatim davomida hech narsa menga osonlik bilan kelmagan. Omadsiz kechalar va ko‘ngilsizliklar futbolning bir qismi. Men ularni motivasiyaga, keyin esa sovrinlarga aylantirishni o‘rgandim.
«Trabzonspor» — mening klubim. Men bu loyihaning bir qismi bo‘lib, unga butun qalbim va bor kuchim bilan sodiqman. Kechagi o‘yin buni o‘zgartirmaydi.
Kutilmalar yuqori ekanini bilaman va biz muvaffaqiyatga erisha olishimizga chin dildan ishonaman. «Bu yerga g‘alaba qozonish uchun kelganman» degan gap men uchun shunchaki shior emas», — deb yozdi Saloh X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.













