Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

"Arsenal" Endrik transferi bo‘yicha "Real" bilan muzokara o‘tkazdi

"Arsenal" Endrik transferi bo‘yicha "Real" bilan muzokara o‘tkazdi

Baho:
+ | -

"Arsenal" "Real" hujumchisi Endrikni transfer qilish imkoniyati bo‘yicha muzokara o‘tkazdi.

London klubi "Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyo 20 yoshli braziliyalik futbolchini qo‘yib yuborishni istamayotganiga qaramay, madridliklarga rasman murojaat qilgan.

Endrik o‘tgan mavsumni "Lion"da ijara asosida muvaffaqiyatli o‘tkazganidan so‘ng bir qator klublar e’tiborini tortdi. talkSPORT ma’lumotiga ko‘ra, "Arsenal"dan tashqari, hujumchiga "Liverpul", "Aston Villa" va "Roma" ham qiziqish bildirmoqda.

Mourinyo avvalroq Endrikni sotishni ham, yana ijaraga berishni ham istamasligini ta’kidlagan edi. Portugaliyalik mutaxassis yosh hujumchiga ishonch bildirmoqda va u bilan ishlashni rejalashtirgan.

Hozirda Endrik son orqa qismi mushaklaridan olgan jarohatidan tiklanmoqda.

O‘tgan mavsumda u "Lion" safida Liga 1 doirasida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:12, 28.08.2026.
O'qildi: 1458 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик