Gambiyalik jurnalist Foday Mannehning ma’lum qilishicha, "Liverpul"ning "Brayton" qanot hujumchisi Yankuba Mintega bo‘lgan qiziqishi hali to‘liq so‘nmagan.
"Brayton" futbolchi uchun so‘ralayotgan summani 80 million funtga oshirganidan so‘ng, mersisaydliklar muzokaralardan norozi bo‘lgan. Biroq "Liverpul" izlayotgan talablarga mos boshqa variantlar ham ko‘p emas.
Andoni Iraola himoya va hujumda birdek foydali bo‘la oladigan qanot futbolchisini tarkibga qo‘shishni ayniqsa istamoqda. Uning asosiy nomzodi sifatida aynan Minte ko‘rilmoqda.
22 yoshli futbolchi bo‘yicha klub ichida muhokamalar davom etmoqda. Avvalroq "Liverpul"ning 50 va 60 million funtlik takliflari rad etilgan edi. Endi klub uchinchi taklif bilan chiqadimi-yo‘qmi, hozircha noma’lum.













