Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» hujumchisini «Atletiko»ga taklif qildi

«Arsenal» hujumchisini «Atletiko»ga taklif qildi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Gabriel Jezus Madridning «Atletiko» jamoasiga o‘tishi mumkin.

«Kanonirlar» kelasi yil yozida shartnomasi yakunlanadigan braziliyalik futbolchini sotishga tayyor. Jurnalist Matteo Moretto ma’lumotiga ko‘ra, hujumchining xizmatlari «Atletiko»ga taklif qilingan va tomonlar o‘rtasida dastlabki muzokaralar ham o‘tkazilgan.

Jezusning ehtimoliy transfer qiymati 18-20 million yevro atrofida baholanmoqda. Shuningdek, bu kelishuv Xulian Alvaresning «Arsenal»ga ehtimoliy o‘tishi bilan hech qanday bog‘liq bo‘lmaydi.

Avvalroq Gabriel Jezusga «Napoli», «Everton», «Ipsvich» va «Beshiktash» klublari ham qiziqish bildirgani xabar qilingan edi.

Transfermarkt portali 29 yoshli futbolchining bozor qiymatini 17 million yevro deb baholamoqda.

Kiritildi: 00:42, 29.08.2026.
O'qildi: 1625 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик