Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

«Manchester Siti» Xulian Alvaresni qaytarishni istamoqda

«Manchester Siti» Xulian Alvaresni qaytarishni istamoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvaresni qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Transfer News Live nashri Marca'ga tayanib xabar berishicha, «shaharliklar» ehtimoliy kelishuv shartlarini muhokama qilish uchun «Atletiko» bilan bog‘langan. Gap futbolchini ijaraga olish haqida ketgan, ammo tomonlar hali rasmiy muzokaralarga kirishmagan.

Madrid klubi Alvares bilan faqat 150 million yevro miqdorida taklif tushgan taqdirdagina xayrlashishga tayyor. Argentinalik futbolchining o‘zi esa Angliyaga qaytishga unchalik qiziqish bildirmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Xulian Alvares 2024 yilda aynan «Manchester Siti»dan «Atletiko»ga 75 million yevro evaziga o‘tgan edi.

Transfermarkt portali 26 yoshli hujumchining hozirgi bozor qiymatini 120 million yevro deb baholamoqda. Unga «Arsenal» va «Barselona» ham qiziqish bildirmoqda.

Kiritildi: 01:01, 29.08.2026.
O'qildi: 1115 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик