Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Pyer Saj Matetaning jarohati haqida ma’lumot berdi

Pyer Saj Matetaning jarohati haqida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» bosh murabbiyi Pyer Saj Angliya Premyer-ligasining 2-turida «Manchester Siti»dan 1:4 hisobida uchralgan mag‘lubiyatdan keyin hujumchi Jan-Filipp Mateta jarohat sabab ushbu o‘yinni o‘tkazib yuborganini ma’lum qildi.

«Mateta uchrashuvdan ikki kun oldin jarohat oldi. Bu mashg‘ulot so‘ngida individual ish jarayonida sodir bo‘ldi. Bu aqlga sig‘maydigan holat. Ehtimol, u kamida to‘rt hafta maydonga tusha olmaydi», — dedi Saj BBC'ga.

«Manchester Siti» mavsum boshidagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, APL turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Kristal Pelas» esa ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib, jadvalning so‘nggi pog‘onasida qoldi.

Keyingi turda «Manchester Siti» o‘z maydonida «Koventri»ni qabul qiladi. «Kristal Pelas» esa safarda «Fulxem»ga qarshi maydonga tushadi. Har ikki uchrashuv 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 07:02, 29.08.2026.
O'qildi: 697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик