Kirish Ro'yxatdan o'tish

Saybari «Bavariya»da Toni Kroosning 19 yillik natijasini takrorladi

Saybari «Bavariya»da Toni Kroosning 19 yillik natijasini takrorladi

Baho:
+ | -

«Bavariya» yarim himoyachisi Ismoil Saybari o‘ziga xos natija qayd etdi.

Marokashlik futbolchi Bundesliganing 1-turidan o‘rin olgan «Shtutgart»ga qarshi uchrashuvda 61-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. U 82 va 90+2-daqiqalarda jamoadoshlariga golli uzatma berib, «Bavariya»ning 5:1 hisobidagi yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Opta ma’lumotiga ko‘ra, Saybari Toni Kroosdan keyin Germaniya chempionatida «Bavariya» safidagi debyut uchrashuvida zaxiradan maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Kroos bunday natijani 2007 yil sentyabrida qayd etgan edi.

Ismoil Saybari shu yozda Niderlandiyaning PSV klubidan «Bavariya»ga ko‘chib o‘tdi. Transfer qiymati 50 million yevroni tashkil etgan.

Kiritildi: 07:09, 29.08.2026.
O'qildi: 976 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик