Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekiston kubogida bugun ikki o‘yin: asosiy e’tibor Farg‘onada

O‘zbekiston kubogida bugun ikki o‘yin: asosiy e’tibor Farg‘onada

Baho:
+ | -

Bugun, 29 avgust kuni O‘zbekiston kubogining nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan dastlabki ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Kunning markaziy bahsi Farg‘onada «Neftchi» va «Paxtakor» o‘rtasida kechadi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.

«Paxtakor» musobaqaning amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Toshkentliklar 2025 yilgi finalda «Buxoro»ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida 14-marta O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan edi.

«Neftchi» esa bugungi bahsga yaxshi kayfiyatda yetib kelmoqda. Farg‘onaliklar Superligadagi so‘nggi uchrashuvida «So‘g‘diyona»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. «Paxtakor» esa oxirgi chempionat o‘yinida «Dinamo» bilan 1:1 hisobida durang qayd etgan.

Kunning yana bir uchrashuvida «Surxon» Birinchi liga vakili «Guliston»ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs soat 18:00 da boshlanadi. Har ikki juftlik g‘olibi O‘zbekiston kubogining chorak finaliga yo‘l oladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:41, 29.08.2026.
O'qildi: 1296 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик