"Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherki yangi mavsumni juda samarali boshladi.
23 yoshli futbolchi Angliya Premyer-ligasining 2-turida "Kristal Pelas"ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etdi. Fransiyalik futbolchi 54 va 59-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Chempionatning 1-turida "Bornmut"ga qarshi bahsda Sherki gol urmagan bo‘lsa-da, jamoadoshlariga ikkita golli uzatma bergan edi.
Shu tariqa, "shaharliklar" futbolchisi APL-2026/27 mavsumining dastlabki ikki o‘yinida gol+pas tizimi bo‘yicha 4 ta samarali harakat — 2 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi.
Shuningdek, Rayan Sherki "Manchester Siti" safida ilk bor bir uchrashuvda bittadan ko‘p gol urishga muvaffaq bo‘ldi.













