"PSJ" Fransiya chempionati 1-turi doirasidagi "Renn"ga qarshi uchrashuvni qoldirishga majbur bo‘lgani uchun 150 ming yevro jarimaga tortildi. O‘yin 23 avgust kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq bahs boshlanishidan oldin "Park de Prens" stadionidagi maysa belgilangan me’yorlarga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi.
Shu sababli liga rahbariyati yakunda parijliklarni jarimaga tortdi — bu haqda juma kuni kechqurun ma’lum qilindi. Eslatib o‘tamiz, yakunda klublar o‘zaro baribir maydonga tushishdi — ammo Renn shahrida.
Ushbu uchrashuvning birinchi bo‘limida ikkita to‘p o‘tkazib yuborgan parijliklarga mag‘lubiyatdan qutulib qolish uchun anchagina ter to‘kishlariga to‘g‘ri keldi.













