«Inter Mayami» bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajarayotgan Gilyermo Oyos Kiki Gonsalesning jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanishiga munosabat bildirdi. Mutaxassis AQSHda ishlash uchun tegishli ruxsatnomani olganidan so‘ng o‘z vazifasiga kirishadi.
«Gonsalesni tayinlash Lionel Messining g‘oyasi emas edi. Bu klubning tanlovi. Jamoaga juda mos keladigan murabbiy topildi. Bu mening shaxsiy fikrim. Gonsales «Inter Mayami»ni yangi darajaga olib chiqishi mumkin», — deya Oyosning so‘zlarini keltiradi ESPN.
Ayni paytda Florida jamoasi Sharqiy konferensiya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «Inter Mayami» peshqadam «Neshvill»dan 10 ochko ortda qolmoqda.













