«Kristal Pelas»ning hujumkor yarim himoyachisi Ismaila Sarr bu yozda ham «Liverpul»ga o‘tishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, «burgutlar» Sarr uchun 60 million yevro miqdoridagi birinchi taklifni rad etgan. Yaqin vaqt ichida Mersisayd klubi Sarrni qo‘lga kiritish uchun yangi urinishni amalga oshirishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, futbolchi va «qizillar» o‘rtasida allaqachon kelishuvga erishilgan. Tomonlar 2031 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini kelishib olgan.
2025/2026 yilgi mavsumda Ismaila Sarr 45 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Vinger 21 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













