Londonning «Arsenal» klubi sobiq futbolchisi Rey Parlor jamoa himoyachisi Maylz Lyuis-Skellining ehtimoliy ketishi haqida fikr bildirdi.
Avvalroq, yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida «Manchester Yunayted» «Arsenal» tarbiyalanuvchisini sotib olishga urinib ko‘rishi mumkinligi xabar qilingan edi.
«Maylzga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirayotgani haqidagi gaplarni eshitganman. Ammo ishonch bilan aytishim mumkinki, u albatta «Arsenal»da qoladi. Agar mavsum yakunida u yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganini his qilsa, jamoani tark etish haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin. Lekin hozir u «Arsenal»ni yaxshi ko‘radi», — deya Parlorning so‘zlarini keltiradi TEAMtalk.
19 yoshli Lyuis-Skelli yangi mavsumda ikki uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













