Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Alvares «Atletiko»ning «Sevilya»ga qarshi o‘yini uchun rasmiy qaydnomadan joy olmadi

Alvares «Atletiko»ning «Sevilya»ga qarshi o‘yini uchun rasmiy qaydnomadan joy olmadi

Baho:
+ | -

«Atletiko» Madrid hujumchisi Xulian Alvares Ispaniya chempionatining navbatdagi turida «Sevilya»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

«Matraschilar» matbuot xizmati bo‘lajak uchrashuv uchun qaydnomani e’lon qildi, ammo ro‘yxatda Xulian Alvares nomi yo‘q. Biroq bu kutilgan holat edi. Argentinalik futbolchi bir necha kun davomida o‘zini yaxshi his qilmagani sababli jamoa bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etmadi. Keyinroq «Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone matbuot anjumanida Alvares «Sevilya»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi.

Mish-mishlarga ko‘ra, hujumchi transfer oynasi yopilishiga qolgan so‘nggi kunlarda ham «Barselona»ga o‘tish umidini saqlab qolmoqda. Shuningdek, u «Arsenal»ga o‘tish variantini ko‘rib chiqmayotgani xabar qilingan.

La Liganing 3-turidan o‘rin olgan «Sevilya» — «Atletiko» uchrashuvi 29 avgust kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 00:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 14:52, 29.08.2026.
O'qildi: 707 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик