«Fulxem» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa «Real»ga bo‘lgan munosabati haqida gapirdi va Madrid klubi bosh murabbiyi sifatida ishlagan davrini esladi.
«Real» bosh murabbiyi bo‘lib ishlash men uchun ulkan saboq va katta tajriba bo‘ldi. Hammasi klub va muxlislar uchun yaxshiroq kechishini istardim, ammo nima bo‘lgan bo‘lsa, shu bo‘ldi. Men «Real»dan har doim minnatdor bo‘laman. Men madridistman va doimo shunday bo‘lib qolaman.
Ayniqsa, hozir jamoani do‘stim boshqarayotgan bir paytda. «Real» — hayotim klubi. Uning barcha o‘yinlarini tomosha qilaman. Aynan «Real» tufayli men hozir shu yerdaman. Men 20 yildan ortiq vaqt davomida bu klub bilan bog‘liq bo‘ldim va buni har doim o‘zimda olib yuraman», — dedi Arbeloa DAZN telekanaliga bergan intervyusida.
43 yoshli mutaxassis 2026 yil yozida «Fulxem» bosh murabbiyi etib tayinlangan. Angliyaga ko‘chib o‘tishidan oldin Arbeloa «Real» bosh murabbiyi sifatida ishlagan.













