Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Mourinyo Endrik va Tchuameni «Malaga»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishini tasdiqladi

Mourinyo Endrik va Tchuameni «Malaga»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishini tasdiqladi

Baho:
+ | -

«Real Madrid» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Endrik va Orelyen Tchuameni jarohatlaridan hali to‘liq tiklanmagani va ertaga La Liga doirasida «Malaga»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishini tasdiqladi.

«Endrik qaytishga juda yaqin, eng yaqini ham aynan u. Balki «Betis»ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lar, ammo bunga kafolat berib, tavakkal qilmoqchi emasman. Tchuameni borasida esa uning hissiyotlari va maydonga qaytish istagini nazorat qilishimiz kerak. Uning jamoaga kirib-chiqib yurishini xohlamayman. Kutishni afzal ko‘raman», — dedi portugaliyalik mutaxassis.

Tchuameni bir muddatdan buyon son qismidan olgan jarohati bilan kurashmoqda. Endrik esa mushakdagi muammodan tiklanish jarayonini davom ettiryapti.

Har ikki futbolchi «Espanyol» va «Real Sosyedad»ga qarshi g‘alabali uchrashuvlarni o‘tkazib yuborgan edi.

Kiritildi: 15:46, 29.08.2026.
O'qildi: 759 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик