«PSJ» va Fransiya terma jamoasi vingeri Bredli Barkola «Liverpul»ga o‘tishga yaqin.
Insayder Fabrisio Romano xabar berishicha, tibbiy ko‘rik yakshanba kuniga belgilangan. Shundan so‘ng 23 yoshli futbolchi Angliya klubi bilan 2031 yil iyunigacha mo‘ljallangan besh yillik shartnomani imzolaydi.
Manbaga ko‘ra, transfer summasi 106 million funt sterlingni tashkil etadi. Bundan tashqari, bonuslar sifatida yana 17 million funt to‘lanishi mumkin.
Barkola 2023 yildan buyon «PSJ» safida o‘ynab kelmoqda. U klub tarkibida 152 ta o‘yinda maydonga tushib, 39 ta gol urgan va 37 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













