«Milan»ning sobiq futbolchisi va sardori Massimo Ambrozini Rafael Leau 2025 yilda Luka Modrich va Adriyen Rabyo jamoaga kelganidan so‘ng klubdagi yetakchilik maqomini yo‘qotgan, deb hisoblaydi.
«Modrich va Rabyo kelguniga qadar, sof iqtidor nuqtayi nazaridan, albatta, u yetakchilardan biri edi. Lekin uni doimo qandaydir tugallanmaganlik hissi kuzatib keldi. Balki bu «tugallik» unda umuman yo‘qdir», — deya Ambrozinining so‘zlarini keltiradi Pianeta Milan.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi «Milan» safida yetti yil to‘p tepganidan so‘ng klubni tark etishga tayyorlanmoqda.













