Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

“PSJ” Fransiya chempionatidagi ilk o‘yinini boshqa stadionga ko‘chirgani uchun jarimaga tortildi

“PSJ” Fransiya chempionatidagi ilk o‘yinini boshqa stadionga ko‘chirgani uchun jarimaga tortildi

Baho:
+ | -

“Pari Sen-Jermen” Fransiya chempionatining 1-turida “Renn”ga qarshi uchrashuvni ko‘chirgani uchun 150 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda turnirni boshqaruvchi tashkilot — mamlakat Professional futbol ligasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur qaror klublarning maydon holati va zaxira stadion mavjudligi bo‘yicha majburiyatlarini belgilovchi moddani buzganlik sababli qabul qilingan.

Ma’lumot uchun, “PSJ” va “Renn” o‘rtasidagi uchrashuv maydonning yomon holati sabab Parijdan boshqa shaharga ko‘chirilgan edi. Bahs 23-avgust kuni “Renn”ning uy stadionida bo‘lib o‘tgan va 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan.

Avvalroq Madridning “Real” klubi Portugaliya terma jamoasi va “PSJ”ning 26 yoshli yarimhimoyachisi Vitinya transferi bo‘yicha parijliklarga 150 mln yevrolik taklif yuborgani xabar qilingan edi.

Kiritildi: 15:52, 29.08.2026.
O'qildi: 771 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик