Kirish Ro'yxatdan o'tish

De Bryoyne Italiya futbolidagi asosiy muammoni aytdi

De Bryoyne Italiya futbolidagi asosiy muammoni aytdi

Baho:
+ | -

«Napoli»ning tajribali belgiyalik yarim himoyachisi Kevin de Bryoyne jurnalistlar bilan suhbatda o‘z fikricha, Italiya futbolidagi asosiy muammoni aytdi.

De Bryoyne Corriere dello Sport nashriga bergan intervyusida ko‘plab italiyalik klublar yosh futbolchilariga ko‘proq imkoniyat berishi kerakligini ta’kidladi.

Belgiyalik futbolchi «Napoli»ga o‘tganida Antonio Vergareni 18 yoshda deb o‘ylagani, aslida esa u 23 yoshda ekanini aytdi.

«Belgiya yoki Angliyada 18 yoshingdayoq asosiy tarkibda muntazam o‘ynaysan. Italiyada esa falsafa boshqacha. Yosh futbolchilar tezroq rivojlanishi uchun ko‘proq o‘ynashi kerak», — dedi de Bryoyne.

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli Kevin de Bryoyne o‘tgan mavsumda Italiya chempionatida «Napoli» tarkibida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Kiritildi: 16:08, 29.08.2026.
O'qildi: 940 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик