Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Lasio» Ratkov bilan xayrlashishga tayyor

«Lasio» Ratkov bilan xayrlashishga tayyor

Baho:
+ | -

Serbiyalik hujumchi Petar Ratkov yaqin orada «Lasio»ni tark etishi mumkin. Unga Ispaniyaning «Levante» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq Ratkovga yana bir Ispaniya klubi — «Sevilya» ham qiziqqan, ammo keyinchalik uni transfer qilish rejasidan voz kechgan.

Cittaceleste.it ma’lumotiga ko‘ra, «Levante» futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Ehtimoliy kelishuvning boshqa tafsilotlari hozircha ma’lum qilinmagan.

Qayd etilishicha, «Lasio» uchun Ratkov bilan xayrlashish jiddiy yo‘qotish bo‘lmaydi. Serbiyalik forvard Rim klubida o‘tkazgan olti oy davomida jamoaga to‘liq moslasha olmagan.

Eslatib o‘tamiz, «Lasio» A Seriyaning 1-turida «Bolonya»ni mag‘lub etdi. Endi Rim klubi navbatdagi turda «Jenoa»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 16:08, 29.08.2026.
O'qildi: 862 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик