«Galatasaroy» «Milan» yarim himoyachisi Rafael Leau transferi bo‘yicha muzokaralar boshlanganini rasman tasdiqladi.
Turkiya klubi ham Italiya tomoni, ham 27 yoshli portugaliyalik futbolchining o‘zi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Avvalroq OAV klublar transfer bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edi. Bitimning umumiy qiymati taxminan 45 million yevroni tashkil etadi: 43 million yevro belgilangan to‘lov sifatida, yana 2 million yevro bonuslar ko‘rinishida to‘lanishi mumkin.
Portugaliyalik futbolchi Italiya klubini yetti yildan so‘ng tark etmoqda. Shu vaqt davomida u 291 ta o‘yinda ishtirok etib, 80 ta gol urdi va 65 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













