«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola «Nottingem Forest»ga qarshi o‘yindagi durangni baholadi. Angliya chempionatining 2-turidan o‘rin olgan uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.
«Biz istagan natija bu emasdi. Uchrashuvning ikki taymi mutlaqo bir-biridan farq qildi. Birinchi bo‘limda yomon o‘ynadik.
Ularning goli borasida biroz omadimiz kelmadi — epizod ofsaydga yaqin edi va VAR uni tekshirdi. Shu bilan birga, bizning golimiz ham kichik ofsayddan keyin urilgan», — deya murabbiyning so‘zlarini Sky Sports keltirmoqda.













