Shanba kuni Bundesliganing 1-turida «Elversberg» o‘z maydonida «Bayer»ni qabul qildi. Germaniya elitasida debyut qilayotgan mezbonlar sensasion tarzda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
«Bayer» uchun uchrashuv boshidanoq omadsiz kechdi. 8-daqiqada Fransis-Ikechukvu Onyekaning uzatmasidan so‘ng Lukas Petkov hisobni ochdi.
Oradan bir daqiqa o‘tib, Koul Kempbell «Elversberg»ning ustunligini ikki karra oshirdi. 46-daqiqada esa Lukas Petkovning uzatmasidan keyin David Mokva hisobni 3:0 ga yetkazdi.
77-daqiqada Patrik Shikning aniq zarbasi «Bayer»ga umid bag‘ishladi. Qo‘shimcha vaqtda Kristian Kofane farqni bitta golga qisqartirdi. Biroq leverkuzenliklar mag‘lubiyatdan qutulib qola olmadi.













