«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo milliy terma jamoalar o‘yinlari sabab klub futbolida yuzaga keladigan tanaffusga munosabatini bildirdi.
24 sentyabr kuni UYEFA Millatlar ligasining navbatdagi mavsumida 1-tur uchrashuvlari start oladi.
— Terma jamoalar o‘yinlari sabab tanaffus bo‘lishi jamoaga ta’sir qiladimi?
"Terma jamoalar o‘yinlari meni xavotirga soladi. Bu juda uzoq davom etadigan tanaffus. Men terma jamoaga borib, o‘yinlarda maydonga tushadigan futbolchilardan ko‘ra, chaqirilgani holda yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmaydigan futbolchilar uchun ko‘proq xavotirdaman. Aynan ular meni juda tashvishga soladi.
Karlo Anchelotti bilan munosabatlarim yaxshi, shuning uchun vaziyatdan xabardor bo‘lib turaman va u bilan ma’lumot almashib boramiz. Karlo bilan muammo bo‘lmaydi. Ammo menda bunday ishonchli munosabatlar shakllanmagan boshqa murabbiylar bilan bog‘liq holatda futbolchining uch hafta davomida klubdan uzoqda bo‘lishi juda murakkab", dedi Joze.













