«Aston Villa»ning chap qanot himoyachisi Yan Matsenning «Manchester Yunayted»ga o‘tish ehtimoli yuqori emas.
«Qizil iblislar» transfer oynasi yopilishidan oldin 24 yoshli niderlandiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Biroq «Aston Villa» Matsen bilan xayrlashish niyatida emas.
Sky Sports ma’lumotiga ko‘ra, Birmingem klubi futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishga tayyorlanmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yaqin vaqt ichida boshlanishi kutilmoqda.
Matsenning «Aston Villa» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan.
Niderlandiyalik himoyachi 2024 yil yozida «Chelsi»dan 44,5 million yevro evaziga xarid qilingan edi.
Transfermarkt portali «Chelsi» akademiyasi tarbiyalanuvchisining hozirgi bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.













