«Tottenxem» yarim himoyachisi Pap Matar Sarr «Yuventus»ga o‘tishga rozilik berdi.
Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli senegallik futbolchi faoliyatini Turinda davom ettirishni istamoqda. «Yuventus» va Sarr o‘rtasida shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha allaqachon kelishuvga erishilgan.
Ayni paytda klublar transfer yuzasidan muzokaralarni davom ettirmoqda. «Yuventus» futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni taklif qilmoqda. «Tottenxem» esa kelishuvda majburiy sotib olish sharti bo‘lishini talab qilyapti.
Transfermarkt portali Sarrning bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.
Senegallik yarim himoyachi «Tottenxem» safida barcha musobaqalarda jami 141 ta uchrashuv o‘tkazib, 11 ta gol urgan va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













