«Liverpul» Kodi Gakpoga munosib o‘rinbosar topilgan taqdirda uni «Manchester Siti»ga sotishga tayyor.
Niderlandiyalik futbolchi «shaharliklar» taklifiga allaqachon rozilik bergan va endi ikki klub transfer shartlari bo‘yicha kelishib olishini kutmoqda.
Transfer News Live nashri Fabrisio Romanoga tayanib xabar berishicha, «Liverpul» Gakponing o‘rniga ikki futbolchini asosiy nomzod sifatida belgilab olgan. Ular — «Brayton» qanot hujumchisi Yankuba Minte va «Kristal Pelas» futbolchisi Ismaila Sarr.
Transfermarkt har ikki futbolchining bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda. Minte 22 yoshda, Sarr esa 28 yoshda.
Gakpo transferi amalga oshsa, «Liverpul» uning sotuvidan taxminan 100 million yevro daromad olishi mumkin.













