Kirish Ro'yxatdan o'tish

Spalletti «Yuventus»ning «Parma» ustidan g‘alabasiga baho berdi

Spalletti «Yuventus»ning «Parma» ustidan g‘alabasiga baho berdi

Baho:
+ | -

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti Italiya A Seriyasining 2-turida «Parma» ustidan 2:0 hisobida qozonilgan g‘alabaga baho berdi.

«Biz bo‘sh hududlardan yetarlicha yaxshi foydalana olmadik, ba’zi vaziyatlarda o‘yinimizda tartibsizlik bo‘ldi, havodagi kurashlarda ham faollik yetishmadi. Shunga qaramay, juda jiddiy o‘yin o‘tkazdik. Bizda maqsad, motivasiya, sifat va o‘zaro tushunish bor edi. Keyin esa hal qiluvchi tezlanish, yuqori mahorat va hamjihatlik kerak bo‘ldi. Agar gol urmasang, vaziyat istalmagan tomonga o‘zgarib ketishi mumkin.

Balkim, raqibga yanada kuchliroq zarba berish uchun aniqlik yetishmagandir, ammo vaziyatlarimiz juda ko‘p bo‘ldi», — dedi Spalletti.

Mutaxassis Randal Kolo Muani haqida ham fikr bildirdi.

«Kolo Muani tezkor, texnikasi kuchli va alohida sifatlarga ega futbolchi. U xavfli vaziyatlarda biroz shafqatsizroq va tajovuzkorroq harakat qilishi kerak. Shunda hammasi o‘z joyiga tushadi, chunki menimcha, u maydonda deyarli hamma narsani qila oladi».

Spalletti, shuningdek, Kefren Tyuramning holatiga ham to‘xtaldi.

«Agar Tyuramning jarohati tibbiy jihatdan jiddiy ekani tasdiqlansa, bizga yana bir yarim himoyachi kerak bo‘ladi. Direktorlarimiz mantiqiy va qiziqarli bir variantni tayyorlab qo‘yishgan edi, ammo u amalga oshmadi. Endi ular boshqa yechim izlaydi», — dedi «Yuventus» bosh murabbiyi.

Kiritildi: 05:26, 30.08.2026.
O'qildi: 687 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик