«Kristal Pelas» futbolchisi Ismaila Sarr faoliyatini «Liverpul»da davom ettirish niyatida.
28 yoshli qanot hujumchisi «qizillar» tomonidan Kodi Gakpoga o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqilayotgan ustuvor nomzodlardan biri hisoblanadi.
The Touchline nashri The Sun’ga tayanib xabar berishicha, senegallik futbolchining o‘zi «Liverpul»ga o‘tishga qat’iy qaror qilgan. Sarr «Kristal Pelas»dan ketishni talab qilmoqda va transfer oynasi yopilishidan oldin kelishuv amalga oshishiga umid qilyapti.
Ismaila Sarr «Kristal Pelas» safida jami 92 ta uchrashuv o‘tkazib, 33 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.













