Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

«RB Leypsig» «Roma» bilan kelishib oldi

«RB Leypsig» «Roma» bilan kelishib oldi

Baho:
+ | -

«RB Leypsig» markaziy yarim himoyachi Neyl El-Aynaui transferi bo‘yicha «Roma» bilan og‘zaki kelishuvga erishdi.

Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, klublar futbolchining 4 million yevro evaziga ijaraga o‘tishi borasida kelishib olgan. Shuningdek, bitimga 25 million yevroga sotib olish huquqi hamda keyingi transferdan tushadigan mablag‘ning ma’lum qismini «Roma»ga to‘lash bandi kiritilgan.

Insayder ushbu kelishuvni Mark Giuning 17 million yevroga amalga oshirilgan transferi haqidagi eksklyuziv xabaridan keyingi yana bir kutilmagan yangilik sifatida baholadi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, El-Aynauining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi. 25 yoshli futbolchining «Roma» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

2026/27 yilgi mavsumda marokashlik futbolchi A Seriyada bitta uchrashuvda maydonga tushdi va natijali harakat qayd eta olmadi.

Kiritildi: 08:04, 30.08.2026.
O'qildi: 664 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик