«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi faoliyatidagi gollari sonini 927 taga yetkazdi.
39 yoshli argentinalik futbolchi MLS doirasida «Monreal»ga qarshi 7:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda poker qayd etdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shu tariqa, Messi ushbu bahsda faoliyatidagi 924, 925, 926 va 927-gollarini urdi.
Umuman olganda, argentinalik yulduz professional faoliyati davomida 1171 ta uchrashuvda maydonga tushib, 927 ta gol urgan va 421 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
41 yoshli «Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa faoliyati davomida 1333 ta o‘yinda 978 ta gol va 261 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirgan.













