Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Inter" yarim himoyachisini BAA chempionatiga jo‘natdi

"Inter" yarim himoyachisini BAA chempionatiga jo‘natdi

Baho:
+ | -

"Inter" Albaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristyan Aslanining klubni tark etganini rasman e’lon qildi. 24 yoshli futbolchi BAA chempionati vakili "Al-Jazira"ga ijara asosida o‘tdi.

Asllani "Inter" safiga 2022 yil yozida "Empoli"dan taxminan 15,7 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan edi. Biroq u Milan klubida barqaror o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmadi va Simone Indzagi hamda Kristian Kivu davrida ham asosiy tarkibdan mustahkam joy ololmadi.

Yarim himoyachi "Inter" safida barcha musobaqalarda 99 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Neradzurrilar" rahbariyati joriy yozda Aslanini to‘liq sotib, boshqa transferlar uchun mablag‘ ishlab olishni rejalashtirgan edi. Ammo futbolchiga jiddiy qiziqish bo‘lmagani sabab klub uni mavsum yakunida sotib olish huquqisiz ijaraga berishga majbur bo‘ldi.

Kiritildi: 10:22, 30.08.2026.
O'qildi: 775 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик